Korrupsiya va uyuşgan jinoyatçilikni tergov qiliş loyihasi (OCCRP) jurnalistlariga köra, VTB rahbari, AQŞ, YeI va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar röyxatida bölgan Andrey Kostin Rossiya va Yevropada 130 million dollarlik haşamatli köçmas mulkka egalik qiladi. Bu haqda 28 iyul, payşanba kuni çop etilgan materialda aytilgan.

«Pandora arxivi» hujjatlarini örgangan suriştiruvçilarga köra, Kostinda köçmas mulkka egalik qiliş böyiça kamida bitta asli boşqa kişi bölgan şaxs bor – Erik Uayt ismli Kanada fuqarosi. Hujjatlarga köra, u Britaniya Virjiniya orollari va Kiprda röyxatdan ötgan ofşor kompaniyalar tarmoğiga egalik qiladi, bu kompaniyalarga Yevropa va Rossiyadagi bir neçta haşamatli mulklar, şuningdek, Rossiyaning Burger King hamda KFC franşizalaridagi biznes bir qismi tegişli.

Uayt nomiga röyxatdan ötgan kompaniyalarga tegişli aktivlar qatoriga Avstriya Alp toğlarida joylaşgan Tannenhof mehmonxonasi kiradi, u yerda xonani ijaraga oliş bir keça uçun 6000 dollargaça turadi. 2014 yilda VTBga qarşi Yevroittifoq sanksiyalari kiritilişidan oldin, bank Kipr tuzilmasi orqali mehmonxonaga egalik qilgan, ammo keyin muassasa egalarini özgartirdi: ular ikkita kompaniyaga aylandi, ulardan birining benefitsiari Uayt, ikkinçisi esa Kostin bilan aloqador kiprlik buxgalter hisoblanadi.

Bundan taşqari, Uayt Sen-Trope yaqinidagi villa va Parijda kvartiraga, şuningdek, Rossiyadagi bir neçta mulkka va annexia qilingan Qrimda zavodga ega. Uaytning kompaniyalaridan biri Moskvadagi kvartirani teleboşlovçi Noila Asqarzodaga topşirişda vositaçi bölgan - Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi öz tergovida Kostinning özi Asqarzodaga kvartirani sovğa qilganini bildirgan.

Köçmas mulkdan taşqari, Uayt bilan boğliq bölgan firmalar Ozon, Fix Price va Hoff’da uluşga ega. 

Iyun oyi oxirida OCCRP suriştiruvçilari va Meduza naşri Vladimir Vladimir Putin bilan boğliq deb hisoblangan mulklarga ega bölgan boşqa soxta şirkatlar tarmoğini aniqladi. 

Rossiya hukumati VTB rahbarining Asqarzoda bilan aloqalari haqidagi xabarlarga qarşi qattiq kuraş olib bordi - 2019 yilda teleboşlovçiga sovğa qilingan kvartira böyiça tergov e’lon qilingandan söng, Roskomnadzor (RKN) uşbu mavzu böyiça materiallarga yönaltiriluvçi 1000 ga yaqin havolalarni blokladi. «Roskomsvoboda» rahbari Artem Kozlyuk bunday ommaviy bloklaşni Rossiya uçun pretsedent deb atadi. 

2021 yilda Roskomnadzor internetning Rossiya segmentida navbatdagi «tozalaş» tölqinini amalga oşirdi va OAVdan «Proyekt» naşri suriştiruvlariga havolalarni olib taşlaşni talab qildi, ular orasida Kostinning Asqarzoda bilan aloqasi haqidagi material bölgan. Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, idora talabini qonuniy deb ataş qiyin, çunki bu materiallar RF qonunçiligiga muvofiq çop etilgan.