Tegişli bitimni imzolaş Toşkentda «Özbekiston: iqtisodiy islohotlar yutuqlari va ularning istiqbollari» forumi doirasida bölib ötdi.

«NKMK bilan tuzilgan şartnoma VTB uçun Özbekistondagi eng yirik bitim hisoblanadi. Umid qilamizki, u korxona, butun kon-metallurgiya sanoati va mamlakatning tegişli tarmoqlarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Biz öz hamkasblarimizga nafaqat moliyaviy, balki investitsiya dasturini amalga oşiriş böyiça yordam berişga, şuningdek, ESG dasturini amalga oşiriş bilan bir qatorda, xalqaro kapital bozorlarida işlaşda ham kömak körsatişga tayyormiz», dedi VTB banki boşqaruvi raisi Andrey Kostin. 

«NKMK bilan tuzilgan bitim kombinatga uzoq muddatli moliyalaştirişni jalb qiliş böyiça birinçi va eng yirigi böldi, şuningdek, bu davlat nazorati ostidagi barça korxonalar örtasida biznesni rivojlantiriş uçun bir martalik qarz mablağlarini eng katta jalb qiliş hisoblanadi. Kelişuv toğ-kon sanoati va NKMKning 2018 yilda boşlangan keng kölamli transformatsiyasi tufayli amalga oşdi. Kompaniyani özgartiriş 2021 yil oxirigaça yakunlanişi kutilmoqda. Şuningdek, biz VTB va boşqa xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiyotning har bir sohasida hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga umid qilamiz», dedi Özbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov.