Baydenda heç qanday alomatlar kuzatilmayapti va özini «juda yaxşi» his qilmoqda. ÖKonnorning xatida aytilişiça, uning seşanbadan jumagaça topşirgan testlari manfiy natija berayotgandi, şanba kuni keçqurun esa yana musbat natija çiqqan.

Şifokorning aniqlik kiritişiça, prezident Oq uy xodimlari va ularning yaqinlariga kasallik yuqtirib qöymaslik uçun ma’lum vaqtga ihotalanadi. Xususan, uning Delaver va Miçigan ştatlariga rejalaştirgan safarlari bekor qilinadi.

Baydenning özi ham tvitterida testi musbat natija bergani haqida yozgan va virusning qaytalanişi «juda kamçilik odamlarda» kuzatilişini qayd etgan.

«Men işlayapman va tez orada yana yölda bölaman», deya qöşimça qilgan u.

Bayden doimiy ravişda koronavirusga test topşirib turadi va pandemiya davrida ilk bor iyul oyi oxirida virusga çalindi.

Öşanda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per töliq vaksina qabul qilgan 79 yoşli prezidentda «juda yengil» alomatlar kuzatilayotgani va öz majburiyatlarini bajarişda davom etayotganini aytgandi.

Xabar qilişlariça, prezident Paxlovid preparatini qabul qilmoqda. Bu Pfizer kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan virusga qarşi dori bölib, bu tabletka virus köpayişining oldini oladi, immun tizimi infeksiyaga qarşi kuraşayotganida organizmda koronavirus kam miqdorda bölişini ta’minlaydi.