My.maktab.uz platformasi yoki tizim mobil ilovasi yordamida mikrohududdan taşqari hududda joylaşgan maktablarga ariza yuborilgandan söng, belgilangan kun va vaqtda maktabga farzandlar bilan taşrif buyuriş kerak böladi.
Şu kunga qadar my.maktab.uz platformasi orqali biriktirilgan mikrohudud böyiça 79 152 ariza kelib tuşgan bölib, şundan 54 771 nafari arizalari umumta’lim maktablariga qabul qilingan.
Mikrohududdan taşqari maktabga yuborilgan ariza qabul qilinganidan söng, mikrohudud böyiça qabul qilingan mavjud ariza avtomatik ravişda tizim tomonidan öçiriladi.
Maktab ma’muriyati zaruriyatga köra elektron platforma orqali yuborilgan ma’lumotlar haqqoniyligini örganiş uçun ota-onalardan şaxsini tasdiqlovçi hujjat va tuğilganlik haqidagi guvohnoma asl nusxasini talab etişga haqli.
Qabul jarayonlari böyiça qöşimça ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram-kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali oliş mumkin.












