Unda aytilişiça, 2021 yil 28 dekabrdagi 67-sonli prezident qarori bilan tasdiqlangan 3 ta amaliy harakat rejasida jami 116 ta banddagi vazifalarning 5 tasi bajarilgan, 77 tasi öz vaqtida bajarilmoqda, 34 tasining (29 foizi) ijrosi keçiktirilmoqda.

Majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva amaliy harakatlar rejalari («yöl xarita»lari) ijrosining borişi töğrisida fikrlarini bildirdi.

«Yöl xarita»larning ijro holatini qoniqarli deb bölmaydi

«1 va 2-ilova bilan tasdiqlangan «yöl xarita»lari ijrosiga Taşqi işlar vazirligi, 3-ilova bilan tasdiqlangan «yöl xarita»si ijrosiga Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi mas’ul.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi – xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni muvofiqlaştiriş, maqsadli foydalanilişini monitoring qiliş, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş sohasida yagona davlat siyosatini şakllantiriş va muvofiqlaştiriş uçun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi. Biroq vazirlikning işi sezilmayapti, ayrim loyihalar öz holiga taşlab qöyilgan, muammoning sabablarini örganiş va bartaraf etiş böyiça amaliy harakatlar körinmayapti.

Vazirlik kiritgan ma’lumotiga köra, 40 ta investitsiya loyihasidan 10 tasi qoloqlik bilan amalga oşirilyapti. Muammoning sabablari keltirilmagan, takliflar esa nomiga (belgilangan vazifani bajariş haqida) berilmoqda. Örganişlarimiz qoloqlik bilan amalga oşirilayotgan loyihalar soni köpligini körsatmoqda, ya’ni 21 ta loyiha öz vaqtida bajarilmayapti. Muammolar sababini örgandik, har bir «yöl xarita» böyiça alohida-alohida töxtalib ötamiz.

I. Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasida imzolangan hujjatlarning amalga oşirilişi (muvofiqlaştiriş uçun mas’ul Taşqi işlar vazirligi).

1-«yöl xarita» böyiça jami 11 ta bandning 8 tasi öz vaqtida amalga oşirilmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligiga tegişli 3 ta banddagi vazifalar ijrosi sust olib borilmoqda. Xususan:

«Yöl xarita»ning 2-bandiga muvofiq soğliqni saqlaş sohasida, jumladan, kasalliklarning oldini oliş va ularga qarşi çora köriş böyiça hamkorlik Bitimi imzolanişi kerak edi (muddat – 25 may). Bajarilmadi.

Uşbu masalada Koreya tomoni davlat içki tartiblarini şu yilning yanvar oyidayoq bajargan. Biroq Soğliqni saqlaş vazirligi davlat tartib-taomillarini bajarmasdan tegişli prezident qarori loyihasini keçiktirmoqda.

«Yöl xarita»ning 11-bandiga muvofiq mintaqaviy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş böyiça loyiha hujjatlarini va Hukumat qarorini işlab çiqib, tasdiqlaş uçun kiritiş kerak edi (muddat – fevral). Bajarilmadi.