Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi 234-umumta’lim maktabida o‘quvchi devor qulashi oqibatida halok bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Foto: Yandex Maps
Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning mart oyida sodir bo‘lgan.
Ularning ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda yuqoridagi fakt bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Batafsil ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda devorning qulashi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.