Xitoy xalq-ozodlik armiyasi 4 avgust, payşanba kuni AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga taşrifiga javoban Tayvanga yaqin hududda havo va dengiz harbiy maşğulotlarini boşladi. Maşqlar 7 avgustga qadar ötkaziladi, ular doirasida aniq nişonlarga öq otiş rejalaştirilgan. Xususan, Tayvan böğozining şarqiy qismidagi aniq hududlarga zarbalar beriş bilan uzoq masofadan otişmalar amalga oşirildi, deb xabar qildi Şarqiy harbiy okrug qömondonligi.

Öz navbatida, Tayvan ma’muriyati vakillari harbiylar jangovar tayyorgarligini oşirayotgani va Tayvan böğozidagi vaziyatga munosib javob berişini ma’lum qildi. Xususan, Xitoy HHK harakatlarini kuzatiş uçun Tayvanda raketa tizimlari joylaştirildi, Tayvan harbiy kemalari esa Xitoy HDK harakatlarini kuzatib bormoqda, deb xabar berdi Reuters. Avvalroq Tayvan ma’muriyati mustaqil davlat maqomini himoya qiluvçi, biroq rasmiy Pekin tomonidan Xitoy provinsiyalaridan biri deb köriluvçi orol respublikasi hududiga XXR harbiylari bostirib kirişini istisno etmagan edi. 

Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) Tayvan böğozidagi keskinlik «yirik davlatlar örtasidagi oçiq töqnaşuvlarga va oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarga» olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. «ASeAN barça tomonlar örtasida tinç muloqotni rivojlantirişda konstruktiv rol öynaşga tayyor», — deyiladi assotsiatsiya bayonotida. U tomonlarni maksimal darajada vazminlikka va provokatsion harakatlardan tiyilişga çaqirdi. 

Yevroittifoqning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Xitoyning Tayvan atrofida harbiy maşğulotlar ötkaziş rejalarini qoraladi. «Nensi Pelosining taşrifidan Tayvan böğozidagi tajovuzkor harbiy harakatlar uçun bahona sifatida foydalanişga heç qanday sabab yöq. Mamlakatlarimiz qonun çiqaruvçilarining xalqaro miqyosda safar qilişi odatiy holdir», - deb yozdi YeI diplomatiyasi rahbari Twitter’da.

Sönggi kunlarda AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikerining orolga taşrifi tufayli Xitoyning materik qismi va Tayvan hukumatlari örtasidagi taranglik kuçaydi. Nensi Pelosi Tayvanga 2 avgust oqşomida Osiyo davlatlari böylab turnesi doirasida yetib keldi va 3 avgust kuni u yerdan jönab ketdi. 

Taşrif davomida Tayvanni Vaşingtonning keng qöllab-quvvatlaşiga işontirgan Pelosi 25 yil içida Tayvanga taşrif buyurgan Qöşma Ştatlar Vakillar palatasining birinçi spikeri böldi. Tayvanni öz hududi deb hisoblaydigan Xitoy rasmiylari uning orolga kelişidan oldin ham keskin tanqid bilan çiqqandi.