4 avgust kuni Qozoğistonda boşlangan dzyudo böyiça Osiyo çempionatining ilk kunida uç nafar özbekistonlik şohsupaga kötarildi.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova barça raqibalarini, xususan, finalda amaldagi jahon çempioni yaponiyalik Ai Şişimeni 1 daqiqadayoq mağlubiyatga uçratib, ikkinçi bor Osiyo çempionligini qölga kiritdi.

Şuningdek, -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov va -57 kgda kuraşgan Nilufar Ermagambetova bronza medaliga sazovor bölişdi.

Ma’lumot uçun, Diyora 2019 yili BAAda bölib ötgan Osiyo çempionatida ham oltin, 2021 yilgi qit’a birinçiligida esa bronza medalga sazovor bölgan.

Samarqandlik dzyudoçi 2021 yilda “Katta dubulğa” turniri ğolibi bölgan ilk özbekistonlik ayol dzyudoçiga aylandi. U 2022 yil iyunida ham bu muvaffaqiyatini takrorlab, turnirning ikki karra çempioni böldi.

Keldiyorova undan avvalroq Neapoldagi yozgi universiada va Uhandagi Butunjahon harbiy öyinlarida bronza medallarini qölga kiritgan.