“Bu yerdagi eng ekzotik talabalar – özbekistonliklar” - Stenford magistranti hikoyasi
|20:00 / 07.08.202236 27310 min
Asror Arabjonov – Stenford universitetining huquq maktabi magistranti. U Kun.uz bilan suhbatda kontrakti yiliga 100 ming dollardan ortiq turadigan dunyoning ikkinçi raqamli universitetidagi ta’lim, Amerikadagi hayot va ötgan yili “El-yurt umidi” fondi atrofidagi mojarolar ortidan fondning 50 ming dollarlik stipendiyasidan voz keçgani haqida gapirib berdi.
Asror 2014 yilda Toşkentdagi xalqaro Vestminster universitetini tamomlab, bir neça yil davomida White&Case huquq firmasi va turli loyihalarda tajriba orttirgan. 2021 yilda Stenford universitetiga öqişga jönab ketgan.
Ma’lumot uçun, Stenford universiteti dunyo oliygohlarining 2022 yilgi ARWU reytingida ikkinçi, QS reytingida uçinçi, THE reytingida törtinçi örinni egallab turibdi (bu uçalasi – dunyodagi eng nufuzli reytinglar).
“Ingliz tilini ming zör bilganingiz bilan ta’lim tili boşqa tilda bölişi juda qiyin”
— Stenfordga kelişdan oldin ham, hozir ham kutgan narsalarimiz katta bölgan, lekin taassurotlar kutganimizdan ham ança yuqori. Sayohatning özi aytib ötarli narsa, çunki Özbekistondan Stenfordga keliş uçun töğri uçoq yöq. Ota-ona va döstlardan uzoqlik ham bir muammo. Bundan taşqari, men magistraturaga universitetni bitiriboq kelmaganim, tajribaga ega bölganim va Toşkentda uzoq yillar döst va tanişlar orttirganim uçun talabalik hayotiga yana moslaşiş qiyin keçdi. 2014 yilda öqişni bitirgan bölsam, oxirgi imtihonda qaytib özimni bunaqa stress holatiga olib kelmayman, deb qalamimni sindirib çiqib ketganman. 7 yil ötib magistr böldim, juda qiyin keçdi.
Işdan keyin yana talabalik davriga qaytiş, ma’ruzalarni eşitib, yana boşqa tilda öqiş qiyin böldi. Ming til örganganman, IELTS öqiganman deganim bilan, ta’lim tili boşqa tilda bölişi umuman boşqa masala. Ingliz tili ona tili bölgan va ta’limni şu tilda olgan kursdoşlarimiz bilan bizning ma’lumotni olib uni hazm qilişimiz tezligida katta farq bor.
Asror Arabjonov
“Butun öqiş davomida göyo “firibgarlik” hissi tark etmadi”
— Öqişga kelganimdan beri impostor sindromi meni tark etmadi, bu siz özingizni “bu yerda men firibgarman, mening joyim bu yer emas” deb his qilişingizga sabab böladi.
Mavzuga oid
Biz pandemiya davrida öqişga kirganmiz, şundan beri barça kursdoşlarimiz bilan umumiy guruhlarda gaplaşib turdik. Şunday kursdoşlarim bor ediki, Koreyada sudya, Avstriyada sudya yoki yuridik firmada 15 yillik tajribasi bor, prokuror yoki Hindiston Markaziy bankining boş yuristi örinbosari – şunday odamlarni körib özimni tayyorlagan edimki, “Asror, bu sening joying emas, sen ança pastroqdasan”, degan impostor sindromi tark etişi qiyin böldi.
Eng qiziği, men yoki boşqalar zör deb bilgan Koreyadagi sudya ham özini xuddi şunday his qilib yurgan ekan. Amerikadagi kursdoşlarimiz ança zör biladi deb yursak, ularda ham şunday his bölgan ekan. Çunki bir tarafdan universitetning bosimi bor, ikkinçi tarafdan topşirganlarning juda kam foizi öqişga qabul qilingan.
Bu bir tarafdan yaxşi: sen atrofingdagilarning örta arifmetik qiymatisan deyişadi-ku, kuçlilarga qarab yanada kuçli böliş mumkin.
“Stenfordda professorlarning ofis vaqtlari bor – bu qiziq tajriba”
— Bu yerda professorning ofis vaqti bor, bizda oldin yaxşi tajriba bölmagan deb bilaman. Bunda har xil fanlardan darsga kiradigan professorlar öz xonasida ötiriş vaqtlarini e’lon qiladi. Bu muddatda talabalar professorning yoniga kelib, özini taniştiradi, savollariga javob oladi, qonunda yozilgan qaysidir nozik masalani tuşuntirib berişni söraydi.
Yana bir qiziq narsa, bu yerdagi professorlarning işiga bölgan munosabati. Ular öz ustida işlaşdan çarçamaydi. Ulardan olgan motivatsiyam – dars beriş juda muhimligini tuşunganim böldi. Bilimingni oşirmoqçi bölsang, öz ustingda işla va öqiganlaringni boşqalarga örgat.
“AQŞ oliy sudyalari rok yulduzlaridan ham maşhurroq va ular Stenfordda dars beradi”
— Stenfordda dars beriş köpçilikning asosiy işi emas. Hatto Kaliforniya oliy sudi sudyasi ham dars beradi, u AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-özgartiriş fanidan dars ötadi. 14-özgartiriş bilan qulçilik bekor qilingandan keyin nima bölgan, undan qolgan asoratlarni bartaraf etiş bilan boğliq barça keyslar bizga şu kursni ötadigan odam – Kaliforniya oliy sudi sudyasiga keladi.
Bizda (Özbekistonda) Oliy sud sudyalari qançalik körinmaydi, biz tanimaymiz, lekin AQŞda oliy sud sudyalari eng maşhur rok yulduzidan ham maşhurroq, ularning soni juda kam, bizdan farqli ölaroq, ular odamlarning hayotiga töğridan töğri ta’sir qiladigan qarorlar qabul qilişadi.
“Stenfordga tajriba muhim, baholar emas”
— Stenford asosan injiniring va ayti sohasi bilan maşhur. Universitetda tadbirkorlik şarpasi kezib yuradi. Bu yerda barça qandaydir yangilik qiliş kerak, nimadir yaratişimiz kerak, degan xayol bilan yurişadi. Stenfordning eng katta farqli jihati u tajribaga köproq urğu beradi. Profilingizni tahlil qilayotganda, baholar pastroq bölsa ham, bölakça tajribaga ega bölsangiz, qabul qiliş jarayonida sizga köproq imkoniyat beradi.
“Özbekistonliklar – eng kamyob talabalar”
— Stenfordda kim eng ekzotik talaba deydigan bölsangiz, özbekistonliklar bu yerda eng kam topiladigan talabalar degan bölardim. Adashmacam, kampusda bu yil faqat men Özbekistondan. Yana bir vatandoşimiz yaqinda öqişni bitirib ketdi, lekin qandaydir diskriminatsiya yoki qanaqadir muammo böladigan bölsa, avvalo, men uçraşim kerak. Lekin masalan şu vaqtgaça bunday bölmadi. Ya’ni “ekzotik” bölganingiz uçun hamma siz bilan köproq suhbatlaşişga qiziqadi.
Agar siz bu yerga kelganingizda vaqtdan unumli foydalanaman desangiz, heç narsaga vaqtingiz bölmaydi. Stenfordning özida iş juda köp, lekin öqiş davrini ötkazib yubormaslik kerak. Huquq böyiça LLM dasturi bir yillik, kuningizning yarmini işlaşga sarflaydigan bölsangiz, bu yerda heç narsa ololmaysiz. Fevral oyida birinçi marta ota böldim, şuning yugur-yugurlari bilan işlaşga vaqt bölmadi.
Özbeklar va örta osiyoliklar bilan munosabatlar haqida
— Kaliforniyaning özida juda kam özbeklar yaşaydi. Borlari ham ayti yoki konsalting sohasida işlaydi. Juda köp özbeklar bilan körişa oldik, aytiçi özbeklar bilan umumiy guruhlar bor – dam oliş kunlari haykinglarga çiqib turamiz, birga sayr qilamiz. Kaliforniya juda qiziq, har bir nuqtasi ajoyib. Bir tiyin sarflamasdan örmonlarini, plyajlarini aylanib çiqsangiz bir yil vaqtingiz yetmaydi.
Stenfordga kelganimdan keyin menga eng foydali bölgan doiralardan bittasi – örta osiyoliklar guruhi böldi. Özbeklar kam bölgani bilan Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistondan kelgan juda köp Stenford bitiruvçilari bor. Ular öqişni bitirib, şu yerda qolib ketgan. Bundan taşqari, turli kompaniyalarda işlayotgan örta osiyoliklar ham bor. Ularning aksariyati bilan tanişdik va tez-tez körişib turamiz.
“El-yurt umidi”ning 50 ming dollarlik stipendiyasidan voz keçgani haqida
— Siz bilan oxirgi intervyumizda ham aytgandim: asosiy maqsadim özimga şartnomaga majburlab pul tölatiş emas, qiyin şaroitga tuşib qolgan stipendiatlarga yordam beriş edi. Muammo ijobiy hal böldi, deyarli barça talabalarning kontraktlari tölab berildi.
Öşa suhbatdan keyin fond rahbariyati bilan gaplaşdik, şartnoma summasi qimmat deyişdi va şartnomaning yarmini tölab berişga rozi bölişdi. Bir yillik kontrakt miqdori 106 ming dollar bölsa, ular 50-55 ming dollarni tölaşi kerak edi. Şunda qolganini özimning yonimdan tölaşimga töğri kelardi. Biroq öylab körib, şartnoma tuzmaganim yaxşi degan qarorga keldim. Çunki “El-yurt umidi” fondi bilan şartnomaning asosiy majburiyati – qaytib kelganingizdan keyin davlat taşkilotida işlab beriş. Davlat taşkilotlarida oylik qanaqaligini bilasiz. Fond bilan suhbat jarayonida öşa summa töliq tölanganda, şartnoma şartlarini bajarib davlat taşkilotiga işga kiradigan bölsam, oylik miqdori menga tölab beriladigan kontrakt miqdoriga töğri kelişi mumkin edi. Lekin katta qismini yonimdan tölab, yana past oylikka qaytib keliş qandaydir irratsional körindi.
Şartnomaga qöl qöymaslikka qaror qildim. Keyin barçasini özim töladim, kelganimdan keyin turli grantlar oldim. Aynan Stenford bizning sohaga grant bermaydi, lekin ayrim huquq maktablaridan grant oldim. Bunda tanişlar yordam berdi, qanday imkoniyatlar borligini tuşuntirdi.
Özbekistonga qaytiş
— “El-yurt umidi” bilan şartnoma tuzmaganim Özbekistonga qaytmasligimni anglatmaydi. Davlat işi bilan xususiy sektorning farqi juda katta va men öqişga kirgunimça xususiy sektorda işlaganman. Özbekistonda töplagan pullarimiz evaziga şu yerda öqidik, men xususiy sohada işlab yaxşi maoş olganman. Davlat işiga ötişning tranzaksion-emotsional xarajatlarini bilmaganim uçun bu riskni olmaslikka qaror qildim.
Qisqa muddatlik rejalarim – bir yillik vizamdan foydalanib, tajriba orttiriş. AQŞ öqişni bitirgan talabalarga vizani yangilamasdan bir yil tajriba orttiriş uçun viza imkoniyatini beradi, bunda bir yil AQŞda işlaş huquqiga ega bölasiz. Şundan foydalaniş niyatim bor.
Kremniy vodiysida qolib, biror ayti kompaniyasining yuridik bölimida tajriba olib qaytişni maqsad qilganman. Böş vaqtim bölganda hammaga maslahat berişga tayyorman. Maqsadim – özbek talabasi Stenfordda ekzotik bölmasin.
Madina Oçilova suhbatlaşdi.
Operator va montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov.