Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida tadbirkordan 1500 dollar talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi rahbari uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qumqörğon tumani bölimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda tuman elektr ta’minoti korxonasi boşliği Yu.X. «M.M.» MÇJning quriliş sexini elektr tarmoğiga qayta ulab beriş evaziga MÇJ rahbari U.R.dan pora talab qilib, öz xizmat xonasida 1500 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.