Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari taşkiloti Ukrainani harbiylar tomonidan tinç aholiga xavf solayotganlikda ayblagan hisoboti uçun qisman uzr söradi. «Amnesty International Ukraina armiyasining taktikasi haqidagi bayonotimiz ğazabni qözğatganidan çuqur taassufda», deyiladi 7 avgust, yakşanba kuni Reuters agentligi e’lon qilgan elektron maktubda.
Şu bilan birga, huquq himoyaçilari hisobotda keltirilgan xulosalardan voz keçiş niyatida emas. «Amnesty International’ning bu va boşqa har qanday mojaroda ustuvor yönalişi tinç aholi himoyasini ta’minlaşdan iborat. Bu bizning sönggi tadqiqotni e’lon qilişdan közlagan yagona maqsadimiz edi. Xulosalarimizni töliq qöllab-quvvatlagan holda, biz keltirgan oğriqdan afsusdamiz», — deyiladi bayonotda.
AI inson huquqlari faollari taşrif buyurgan 19 ta aholi punktida Ukraina qöşinlari tinç aholiga yaqin bölib, ularni Rossiya hujumi xavfiga duçor qilgani haqida xabar berdi. «Bu Amnesty International Ukraina kuçlarini Rossiya harbiylari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar uçun javobgar deb hisoblaydi va Ukraina harbiylari mamlakatning boşqa hududlarida yetarliça ehtiyot çoralarini körmayapti, degani emas», — deyiladi maktubda. «Biz juda aniq aytişimiz kerak: Ukraina kuçlarining harakatlarida biz hujjatlaştirgan heç narsa Rossiya qonunbuzarliklarini heç qanday tarzda oqlamaydi».
4 avgust kuni AI «Ukraina uruşi taktikasi tinç aholiga xavf tuğdiryapti» nomli hisobotini e’lon qildi. Unda huquq himoyaçilari UQK bölinmalari bir neça bor turar joylar, maktablar va kasalxonalar hududida öz texnikalarini joylaştirgani hamda şu pozitsiyalardan öq uzganini, bu esa tinç aholi uçun xavf tuğdirayotganini ta’kidlagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hisobotga izoh berar ekan, Amnesty International «terrorçi davlatni amnistiya qilişga va javobgarlikni tajovuzkordan jabrlanuvçiga ötkazişga harakat qilmoqda», deb ma’lum qildi. «Rossiyaning Ukrainaga bergan har qanday zarbasini oqlaş mumkin bölgan birorta ham şart yöq va bölişi ham mumkin emas. Agar kimdir jabrlanuvçi va tajovuzkor qaysidir ma’noda bir xil ekani haqida xabar bersa, jabrlanuvçi va tajovuzkorning öşa paytda qilgan işlari e’tibordan çetda qolsa, bunga çidab bölmaydi», dedi Zelenskiy.
Amnesty International (AI) inson huquqlari taşkilotining Ukrainadagi vakolatxonasi direktori Oksana Pokalçuk inson huquqlari faollari Ukrainani insonparvarlik qonunlari va uruş olib boriş qoidalarini buzganlikda ayblagan AI hisoboti e’lon qilingan kunning ertasiga işdan böşaganini e’lon qildi.












