Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Rossiyaga o‘z josuslik sun’iy yo‘ldoshidan foydalanishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi
Eron Rossiyaning «Xayyom» sun’iy yo‘ldoshidan Ukraina bo‘yicha josuslik qilish uchun foydalanishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Foto: Reuters
Eron kosmik agentligi Rossiyaning «Xayyom» razvedka sun’iy yo‘ldoshidan Ukraina bo‘yicha josuslik qilish uchun foydalanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Agentlikning 7 avgust, yakshanba kuni e’lon qilgan bayonotida aytilishicha, kosmik kema faqat Tehronga bo‘ysunadi va boshqa davlatlarning harbiy maqsadlari uchun yaroqsiz.
Sun’iy yo‘ldosh ishini boshqarish markazi Eron hududida joylashgan bo‘lib, uni boshqarish va ishga tushirish bilan bog‘liq barcha buyruqlar birinchi kundan hamda u uchirilgandan so‘ng eronlik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. «Boshqa hech bir davlat bu ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Boshqa davlat tomonidan sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilgani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», - deya ta’kidladi agentlik.
Rossiya 9 avgust kuni Boyqo‘ng‘irdan orbitaga Eron sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishga tayyorlanmoqda. Avvalroq The Washington Post gazetasi g‘arb razvedka xizmatlariga tayanib yozishicha, u Tehronning Yaqin Sharqdagi harbiy inshootlar bo‘yicha josuslik qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi kerak. Biroq, nashrning xabar berishicha, bundan oldin Moskva Ukraina qurolli kuchlarini kuzatish uchun kosmik kemadan foydalanish niyatida bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:50
Rubio Eron bilan muzokaralarda «sezilarli o‘sish» borligini aytdi
14:18
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026