Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Oqdaryo tumani «Piçoqçi» MFYda odam ölimi bilan boğliq jinoyat sodir bölgan.

2022 yil 19 iyun kuni Oqdaryo tumani «Piçoqçi» MFYda yaşovçi fuqaroning uyiga ikki nafar tanişi mehmonga keladi. Ötiriş davomida mehmonlar özaro janjallaşib qoladi va ulardan biri ikkinçisining boşiga muşt bilan zarba beradi.

2022 yil 24 iyun kuni jabrlanuvçi yigitning mazasi qoçib, Past Darğom tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaga yotqiziladi. Şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan u şifoxonada vafot etadi.

 Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.