Prezidentning “Özbekiston prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida"gi farmoniga qöşimça kiritiş töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat "Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida"gi qonun ijrosini ta’minlaşga qaratilgan.
Prezident farmoni 2-ilovasiga qöşimçalar kiritildi. U 172-pozitsiya bilan töldirildi. Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida ularni röyxatga oliş yöli bilan vakolatli organni xabardor qiliş tartibida ötkaziladigan tekşiruvlar röyxatiga yana bittasi qöşildi:
asosli ma’lumotlar bölganda köp kvartirali uylardagi joylar özboşimçalik bilan qayta qurilişi va (yoki) qayta rejalaştirilişi holatlarini tekşiriş hamda boşqariş organlari tomonidan köp kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etiş böyiça çoralar körilgani ustidan nazorat qiliş.
Tekşiruv Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Köp kvartirali uy-joy fondidan foydalaniş sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan 1 kundan oşmagan holda ötkaziladi.











