Maşhurlar e’tirofi

Garri Kasparov. Foto: Facebook/Garry Kasparov

Şaxmat böyiça 13-jahon çempioni, bugungi kunda AQŞda istiqomat qilayotgan rossiyalik grossmeyster Garri Kasparov özbekistonlarning şaxmat olimpiadasidagi iştirokini yuksak baholadi:

«Özbekiston jamoasini Çennayda bölib ötgan şaxmat olimpiadasidagi ğalaba bilan tabriklayman. Eng yoş tarkib bilan reyting yetakçilarini, musobaqa mezbonlarining kuçli jamoalarini, an’anaviy favoritlarni ortda qoldirib ğolib böliş bu – aql bovar qilmas natija».

Tim Torlot. Foto: Twitter/ Tim Torlot

Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya birlaşgan qirolligining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elçisi Tim Torlot ham hamyurtlarimizni ulkan ğalaba bilan qutlagan.

«Mot! Orzular jamoasi bölgan Özbekistonga tabriklarim. Özbekiston jamoasi şaxmat olimpiadasida birorta matçni boy bermay öz tarixidagi ilk oltin medalni qölga kiritdi. Bu – ajoyib natija».

Jonatan Rouson. Foto: Flickr/ Brendan ÖGorman

Şotlandiyalik grossmeyster Jonatan Rouson erişilgan muvaffaqiyat bilan tabriklarkan, Özbekiston şaxmatning asl vatani bölişi mumkinligiga işora qilgan.

«Özbekistonga tabriklarim! Ikki mamlakat çegarasini hatlab ötmasdan dengizga çiqa olmaydigan davlat uçun yomon natija emas.