Dastlabki kungi musobaqalarda qatnaşgan sportçilarimizning qölga kiritayotgan ğalabalaridan ilhomlanib, bahslarga kirişgan atletlarimiz 100 foizlik natijaga ega bölişdi. 

Jumladan, tajribali va mahoratli yengil atletikaçimiz Suhrob Xöjayev bosqon uloqtiriş bellaşuvlarida raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. U 71.87 metr natija bilan oltin medalga egalik qildi va şohsupaning yuqori poğonasidan joy oldi. 

Özbek yengil atletikaçilari orasida birinçi bölib “Brilliant liga”da muvaffaqiyatga erişgan Safina Sa’dullayeva Konyadagi musobaqalarda ham tengsiz ekanini isbotladi. 

Balandlikka sakraş dasturida 1.97 metr natija qayd etib ğalabaga erişgan Safina oltin medalni qölga kiritdi.

Şuningdek, mazkur dasturda Svetlana Radzivil ham qatnaşib 1.87 natijaga ega böldi va u kumuş medalga sazovor böldi. Balandlikka sakraş bahslarida ham sportçilarimiz sovrinli örinlarni band qilişdi.

Kolumbiyada ötgan yengil atletika böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatida ğalaba qozongan Şarifa Davronova Islom birdamligi öyinlarida ham amalda tengsiz ekanligini isbotladi. Uç hatlab sakraş dasturida qatnaşgan atletimiz 14.30 metr natijani qayd etib, oltin medalni qölga kiritdi. 

Uşbu sektorda iştirok etgan Roksana Xudoyorova 13.87 metr natija bilan 4-örinni egalladi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmat Ⓣ