«Meduza» naşri söroviga köra tekşiruv ötkazgan bir guruh kuzatuvçilar 2021 yilda Davlat dumasiga bölib ötgan saylovlarda Rossiyaning 12 ta mintaqasida 1,2 mln saylovçilar ovozi soxtalaştirilgani faktini aniqladi. 12 avgust, juma kuni «Meduza» saytida çop etilgan suriştiruvga köra, bu nisbat boşqa mintaqalarda saqlanib qolgan holda, jami 17 mlngaça ovoz soxtalaştirilgan bölişi mumkin, degani. Şu bilan birga, naşrning qayd etişiça, bu hisob-kitoblar federatsiya sub’yektlari örtasidagi farqlarni hisobga olmagan va taxminiydir. 

2021 yil sentabr oyida bölib ötgan saylovlarda saylov uçastkalariga videokameralar örnatildi, biroq ulardan erkin foydalaniş imkoni bölmadi. «Meduza» 19 ta mintaqadagi töqqiz mingdan ortiq uçastka va hududiy saylov komissiyalari xonalariga örnatilgan kameralardan million soatdan ortiq tasvirlarni oldi.

Uşbu uçastkalarning uçdan bir qismidagi yozuvlar neyrotarmoq yordamida tahlil qilindi. Ularning köpçiligida, tarmoq ma’lumotlariga köra, qoidabuzarliklarga yöl qöyilgan. Xususan, rasmiy ma’lumotlarga köra, uşbu 3505 saylov uçastkasida 3 mln 200 ming kişi ovoz berdi. Şu bilan birga, ikki milliondan sal köproq saylovçi videoga yozib olingan, deb yozadi «Meduza».

Suriştiruvçilar neyrotarmoq yordamida Krasnodar ölkasi, Sankt-Peterburg, Tatariston, Kemerovo oblasti, Kabardin-Balkariya, Boşqirdiston, Mordoviya, Tiva, Çukotka va Yamalo-Nenets avtonom okruglari, Bryansk va Saratov oblastlaridan videolarni örganişga muvaffaq böldi.

Saylovlardan söng darhol saylov böyiça mustaqil tahlilçi Sergey Şpilkin saylov uçastkalaridan olingan oçiq ma’lumotlarga asoslanib, 13,8 mlnga yaqin ovoz soxtalaştirilgan bölişi mumkinligini hisoblab çiqdi. Kreml Davlat dumasiga saylovlarda katta miqyosdagi firibgarlik sodir etilganini rad etadi.