Samarqand, Jizzax va Andijon viloyatlarida öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro Ş.Ş. fuqaro Ş.ga Qozoğistondagi universitetning 1-kursini tamomlagani haqida hujjat tayyorlab berib, keyinçalik uşbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 4000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boşqa jinoyatlari uçun sudlangan F.S. fuqaro Z.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida 2000 dollar evaziga Jizzax davlat pedagogika universitetiga öqişga kiritib qöyişga kelişib, oldindan 5 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Andijon viloyati boşqarmasi tomonidan ham IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanişlari yordamida uşbu texnikumga öqişga kiritib qöyiş evaziga 700 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.