Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Foto: Prokuratura departamenti
Unda, Toshkent shahridagi xususiy universitet xodimi Z.O. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga qo‘shni Qozog‘iston yoki Tojikiston davlatidagi oliy o‘quv yurtining 2 kursini o‘qib tugatganligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, o‘zi ishlayotgan xususiy universitetning 3 kursidan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro I.J. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
20:50 / 06.01.2026