Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ni muqaddam Buxoro pedagogika institutida o‘qituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda fuqaro F.R. tanishi R.Sh. orqali 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Quvasoy shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026