Farğona şahar Bozorboşi va Sanoat köçalari kesişmasidagi piyodalar yölagi ikki çetida 10 ga yaqin zargarlik dökoni qöyilgan. Şu joy yaqinida MÇJga qaraşli oşxona faoliyat olib boradi. Oşxona Bozorboşi köçasi tomonidan kiriş çiqiş eşigi zinasi öng tomonida 2 ta köçma zargarlik dökoni qöyilgan. Uşbu oşxona va dökon egalari dökonni boşqa joyga köçiriş masalasida muntazam tortişib kelgan.
Joriy yil fevral oyida ham oşxona va zargarlik dökoni egalari örtasida oğzaki janjal kelib çiqqani sababli, profilaktika inspektorlari tomonidan 6 nafar şaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar JIB Farğona şahar sudiga yuborilgan.
Joriy yil 10 avgust kuni viloyat IIB 102 raqamiga fuqaro A.G. murojaat qilib, yuqoridagi manzilda T.M., S.K. unga tegişli savdo dökonini özboşimçalik bilan buzib yuborayotgani sababli qonuniy çora körişni söragan. Çaqiruvga asosan profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan hamda yetkazilgan zararni aniqlaş maqsadida baholaş ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












