Rossiyalik harbiy muxbir Yuriy Kotenokning tasdiqlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Luhansk oblasti Popasnaya şahridagi «joylaşuv manzillaridan biri»ga zarba yöllagan. «Donbassdagi manbalar tasdiqlamoqda. Katta ehtimol bilan bu HIMARS. Ukraina resurslari [biznesmen Yevgeniy] Prigojinning ölimi haqida tarqatayotgan xabarlar — tasdiqlanmadi», — deya yozgan Kotenok telegramida.

Bunday zarba haqida ilk bor «Vagner» bilan aloqador bölgan «Reverse side of the medal» telegram-kanali xabar tarqatdi. Unda Popasnayaga zarbadan keyin olingani aytilgan fotosuratlar paydo bölgan. Propagandia mediasi bölmiş «Russkaya vesna» ham «Operatsiya Z: Voyenkory russkoy vesny» telegram-kanalida öşa kadrlar qatorida voqea joyidan video e’lon qildi. «Russkaya vesna» «bir qança yaradorlar va bir qurbon» haqida ma’lumot bergan.

Sergey Sredaning öçirib yuborilgan postida aks etgan «Vagner» jangçilari

«Radio Svoboda» zarba oqibatlari aks etgan fotosuratlar orqali «Vagner» ştabi joylaşuvini aniqlaş mumkin — bu Mironovskaya, 12 köçasi. Xuddi şu manzilda olingan suratlar 8 avgust kuni harbiy korrespondent Sergey Sredaning telegram-kanalida e’lon qilingandi. U vagnerçilarning Yevgeniy Prigojin ham bölgan ştabiga kelganini aytgandi (keyinroq harbiy korrespondent postni öçirib yubordi, tarmoqda esa undan nusxa saqlanib qoldi). Sergey Sreda ştab manzilidan suratlarni «Vagner» jangçilari roziligi bilan e’lon qilganini aytgan.

Bu çindan ham Mironovskaya, 12. Bu manzil aks etgan viveskani 8 avgust kuni Sreda tomonidan e’lon qilingan fotosuratda aks etgan. Tabliçkada «eng yaqin bombapanagoh» yozuvi bor, ammo biz öylaymizki, bu çindan ham şu bino bölgan. Endi biz zarba haqiqatan ham şu uyga berilganini oson aniqlaşimiz mumkin.

«Meduza» Sredaning kanalidagi foto va portlaşdan keyin olingan videoni örganib, videoyozuvda aynan Sredaning xabarida körsatilgan uy, faqat boşqa tomondan aks etganini aniqlagan. Bu uyni garajlar orqali aniqlaş oson. Uydagi şikastlanişlardan kelib çiqib, zarba Ukraina nazoratidagi Seversk hududidan (Popasnayadan 30 kilometr masofada joylaşgan) turib berilganini taxmin qiliş mumkin.