“Çiqindilar bilan boğliq işlarni taşkil etiş tizimini isloh qiliş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Tadbirkorlik sub’yektlari – sanitar tozalaş korxonalaridan (davlat unitar korxonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy tölovlar bekor qilinadi:

  • sanitar tozalaş böyiça ixtisoslaştirilgan korxonalar respublika birlaşmasiga sanitar tozalaş xizmatlarini körsatganlik uçun undiriladigan tölovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar;
  • sanitar tozalaş xizmatlarini taşkil etiş markazlariga sanitar tozalaş xizmatlarini körsatganlik uçun undiriladigan tölovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar.

2026 yil 1 yanvargaça asosiy faoliyati çiqindilarni töplaş, olib çiqib ketiş, saralaş va qayta işlaş hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari uçun uşbu faoliyat turi böyiça foyda soliği (tijorat banklarida joylaştirilgan mablağlardan olingan foizlardan taşqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qöllaniladi.

Qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransportlar va texnikalarini davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy şerikka beriş muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi. 

Kiçik tadbirkorlik sub’yektlari bölgan sanitar tozalaş korxonalariga:

  • investitsiya loyihalarini amalga oşiriş doirasida banklar milliy valutada ajratiladigan kreditlari böyiça 50 foizgaça (50 foiz ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd sömdan oşmagan miqdorda kafilliklar;
  • 2024 yil 1 yanvargaça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş doirasida banklar milliy valutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 mlrd sömdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi 1,5 baravaridan oşmagan kreditlari böyiça asosiy stavkadan oşgan, biroq asosiy stavka 30 foizidan köp bölmagan qismini qoplaş uçun uç yil muddatgaça “2+1” tamoyili asosida kompensatsiyalar taqdim etiladi.

2023 yil 1 yanvargaça aholini qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari uçun tölovlar böyiça qarzdorligi haqida foydalanilgan elektr energiyasi uçun hisob-kitoblarni yuritiş billing tizimi orqali xabardor qiliş tizimi joriy etiladi.

2023 yil 1 yanvardan yangi quriladigan köp kvartirali uylarni çiqindi töplaş joylarini belgilamasdan loyihalaştiriş hamda foydalanişga qabul qiliş taqiqlanadi.