Kaliforniyadagi Vandenberg harbiy-havo bazasida qurollanmagan Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi parvozi amalga oşirildi, deb xabar berdi AQŞ harbiy-havo kuçlari global zarba beriş qömondonligi.

Xabarda aytilişiça, bundan maqsad AQŞ «yadroviy kuçlari şayligini» va   «milliy yadroviy tiyib turişning samaradorligini» namoyiş etişdir.

«Mazkur sinov dunyoda röy berayotgan hozirgi voqealar natijasi emas», — deyiladi xabarda.

Raketaning boş bloki 4,2 ming milga yaqin (6,7 ming km) masofani bosib ötib, Tinç okeanidagi Marşall orollarining Kvajaleyn atolligaça yetib borgan.

Sinov avgust boşlarida ötkazilişi lozim edi. Biroq AQŞ Tayvan sababli Xitoy bilan munosabatlarda yuzaga kelgan keskinlikni kuçaytirmaslik uçun raketa parvozini keçiktirgandi, deb yozadi The Wall Street Journal.