Aniqlanişiça, T.I. tuman xalq ta’limi bölimi mudiri U.R.ga özini “DXX viloyat boşqarmasi mas’ul xodimi” sifatida taniştirib, uning ustidan ariza tuşganini ma’lum qilgan. Bölim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qöyilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovçi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qoliş evaziga 15 mln söm talab qilgan.
DXX Farğona viloyati boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari bilan ötkazilgan tadbirda T.I. körsatib ötilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy aşyo bilan qölga olindi.
Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1 –qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











