Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Bugun, 16 avgust kuni Şveytsariyaning Bern şahrida Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasida “Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasidagi Şveytsariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Özbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytariş yöllari töğrisida”gi bitim imzolandi.

Bitimni Özbekiston nomidan adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Şveytsariya nomidan mamlakat prezidenti Inyatsio Kassis imzoladi.

Bitimni imzolaş marosimida BMTning Köp-şeriklik trast jamğarmasi ofisi ijroçi koordinatori J.Topping iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

“Bitimning imzolanişi ilgari Gulnora Karimova boşçiligidagi uyuşgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravişda orttirilgan va Şveytsariyada legallaştirilgan 131 mln AQŞ dollarining Şveytsariya tomonidan Özbekiston xalqiga darhol qaytarilişini anglatadi”, – deyiladi xabarda.

Bu boradagi muzokaralar 2 yil davom etdi.

“Bitim noqonuniy orrtirilgan taqriban 131 mln AQŞ dollariga (taqriban 1,4 trln söm) teng aktivlarni Özbekistonga qaytarişni, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarişning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi”, – deya aniqlik kiritgan Adliya vazirligi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Bitimga muvofiq, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarişning quyidagi asosiy prinsiplari belgilanmoqda:

  • oçiqlik va oşkoralik, restitutsiya töğrisidagi axborotni jamoatçilikka oçiq e’lon qiliş;
  • uşbu jarayonda fuqarolik jamiyatining iştiroki;
  • qaytarilgan mablağlarni pirovardida ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim va soğliqni saqlaş sohalariga yönaltirilişi;
  • Özbekiston va Şveytsariya örtasida restitutsiya masalalari böyiça doimiy, samarali va özaro hurmatga asoslangan muloqotning davom ettirilişi.