Ma’muriy sud işlarini yuritişni “sud faol iştiroki” tamoyili asosida amalga oşiriş, bunda ma’muriy sudlarga iş haqiqiy holatlarini aniqlaş uçun öz taşabbusi bilan dalillarni yiğiş majburiyatini yuklaş, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’yektiga esa dalillarni yiğişda faqat öz imkoniyati doirasida iştirok etişi belgilanmoqda.
Qonun loyihasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlar böyiça taraflar örtasida yaraşuvga erişiş mexanizmlarini, sudlar tizimida “yagona darça” tamoyilini keng joriy etiş möljallangan.
Sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda şikoyatni sudga taalluqli bölmagani sababli qabul qilişni rad etiş yoki iş böyiça iş yuritişni tugatişni taqiqlaş, da’vo arizasi, ariza, şikoyat yoki işni ularni körib çiqişga vakolatli sudga ötkaziş kabi normalar ham öz aksini topgan.
Majlisda deputatlar tomonidan loyihadagi ayrim moddalarni maromiga yetkaziş zarurati borligi aytildi. Qonun loyihasi mas’ul qömitaga qaytarildi.











