Ozarboyjonda bölib turgan Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi Xorazm viloyati hududiy boşqarmasi boşliği Abduraşid Abdullayev Ozarboyjon qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Sarvan Jafarov bilan uçraşdi.
"Özbekipaksanoat" uyuşmasi xabariga köra, uçraşuvda 2023 yilda özbek modeli asosida Ozarboyjonning Agdoş, Agjabadi, Tartar, Zardob, Agdam, Yevlax va Bardada tumanlarida klaster usulida ipakni qayta işlaş korxonalari taşkil etilişi yuzasidan kelişib olindi.
Bundan taşqari, Ozarboyjonda tut köçati yetiştiriş xöjaligi taşkil etiş masalalari yuzasidan bir qarorga kelindi.
Bunda, Ozarboyjon hukumati tomonidan yer ajratilişi közda tutilgan bölib, imtiyozli ravişda xöjalik ma’lum muddatga yer soliğidan ozod etiladi.












