16 avgust tongida Qrim şimolida portlaşlar röy berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda kuçli portlaş va kulrang tutun ustuni yuzaga kelganini, şuningdek atrofga olov soçilişi bilan keçgan kiçikroq kuçdagi portlaşlarni köriş mumkin. Mahalliy aholi vakillari xabar berişiça, kuçli portlaş ovozlari uzoq masofalardan ham eşitilgan.
Portlaşlar Jankoy tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikdagi Mayskoye qişloği hududida röy bergan. Rossiya mudofaa vazirligi hodisani öq-dori omboridagi yonğin va undan keyingi detonatsiya bilan izohlagan. Idora ma’lumotiga köra, bu harbiy qismdagi öq-dorilarni vaqtinça saqlaş uçun ajratilgan maydonda sodir bölgan.
Vazirlik Mayskoyedagi portlaşlardan jiddiy jabrlanganlar yöqligi, yonğinni öçiriş va uning sabablarini aniqlaş çoralari körilayotganini qöşimça qilgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak bosib olingan Qrim - bu turizm haqida emas, «omborlar portlaşi va bosqinçi hamda öğrilar uçun ölim xavfi ortişi» haqida bölişini yozgan.
Qrim rahbari Sergey Aksenovning sözlariga köra, hodisa oqibatida ikki kişi yaralangan - ularning birida oskolkadan jarohat qayd etilgan, boşqa birining ustiga «devor qulagan». Ularning hayoti jiddiy xavf ostida emasligi aytilgan.
Aksenovning ma’lum qilişiça, hodisa röy bergan hudud atrofida beş kilometr radius böylab ikki mingga yaqin kişi evakuatsiya qilingan.
Hodisa oqibatida Mayskoye orqali ötgan temiryöl şikastlangan. Bu yöl böylab Jankoy va Simferopolga Rossiyaning materik qismidan poyezdlar keladi. Şu tufayli yarimorol rahbariyati Feodosiya yaqinidagi Vladislavovka stansiyasida barça tarkiblar harakatini töxtatiş böyiça qarorga kelgan — bu yerda yölovçilar vagonlardan tuşiriladi va buyoğiga avtobuslarda ketadi. Vladislavovkadan Simferopolgaça masofa — taxminan 100 kilometrni taşkil etadi.
«Qriminform» naşri yozişiça, Qrimda ikki joyda portlaşlar röy bergan: Jankoydagi transformator nimstansiyasida yonğin va Mayskoye posyolkasidagi öq-dori omboridagi detonatsiya. UNIAN naşri yozişiça, guvohlar Jankoy rayonidagi elektr nimstansiyasida ham portlaşlar bölganini tasdiqlaşgan.













