Kriştianu Ronaldu «Mançester Yunayted»ni transfer oynasi yopilgunga qadar tark etmoqçi. Buning amalga oşişi dargumon, ammo agent Jorjye Mendeş hamon mijozini Çempionlar ligasida iştirok etuvçi klubga joylaştirişga urinmoqda.
Ronaldu – Yevropa futbolida mavsumlar oraliğining asosiy nyusmeykeri bölib turibdi. Dastlab portugaliyalik «Mançester Yunayted»ga nisbatan özini töğri tutgandi. Ha, u boşqa futbolçilar bilan bir vaqtda mavsumoldi maşğulotlariga kelmadi, biroq heç qanday şov-şuvli mojarolarga yöl qöymadi.
Yozning birinçi yarmida Kriştianu «Bavariya», «Atletiko» yoki boşqa top-klublarga ötib ketişi mumkinligiga işongandi. Biroq, keyinçalik 37 yoşli hujumçi qayğuli haqiqatni tan olişga majbur böldi – u faoliyatining bu bosqiçida gigantlarning heç biriga kerak emasdi.
Iyul oyining ikkinçi yarmida Ronaldu nihoyat, katta ehtimol bilan «Yunayted»ni tark eta olmasligini tuşundi. Portugaliyalik futbolçi klub bazasida paydo böldi, jamoa bilan maşğulotlarni boşladi. Kriştianu boşqa klubda öynaş istagi borligiga qaramay, professional bölişga va’da berdi. Ammo öz sözida turmadi.
Ronalduning takabburligi mavsumoldi maşğulotlari yakunida va Premer-Liga startida töliq namoyon böldi. Endi «Mançester Yunayted» u bilan şartnomani muddatidan oldin bekor qiliş haqida öylayotgan bölsa ajab emas.
Ronaldu özini yöqotdi
Kriştianu har doim egosentrik futbolçi bölgan, ammo uni heç kim noprofessional deb aytolmaydi. Mehnat etikasi va işga munosabati bilan portugaliyalik boşqalarga örnak bölib kelgan. Ronaldu eng qiyin damlarda ham özini nazorat qila olgan va şartnomadagi majburiyatlarini vijdonan bajargan.
Bir yil oldin u «Yuventus»dan ketiş jarayonini nisbatan tinç ötkazgan, matbuotda şov-şuvli sarlavhalar bilan közni qamaştirmagandi. Hozir «Mançester Yunayted»da hammasi boşqaça. Mavsumoldi tayyorgarlik bosqiçining katta qismini «oilaviy sabablarga köra» ötkazib yuboriş taşvişlanişga arziydigan sabab edi. Kriştianu yakka tartibda şuğullangan bölsa-da, buni jamoaviy yiğinlar va sinov öyinlaridagi iştirok bilan taqqoslab bölmaydi.

«Yunayted» boş murabbiyi Erik ten Hag uzoq vaqt davomida Kriştianu haqidagi savollarga silliq javob berişga harakat qildi. Biroq yakunda futbolçining jismoniy holati yaxşi emasligi, hatto şeriklaridan ham yomon ekanini tan oldi. Bu gaplar Ronaldu klub bazasi qaytib, «Rayo Valekano»ga (1:1) qarşi örtoqlik öyini tanaffusida zaxiraga olinganidan keyin aytildi.














