Vazirlar Mahkamasining “Toşkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida agrobiotexnologiyalar öquv va ilmiy laboratoriyasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Samarqand viloyati hokimligining 2023/2024 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida agrobiotexnologiyalar öquv va ilmiy laboratoriyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanişiça, laboratoriya Toşkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali hududida taşkil etilib, barça öquv va ilmiy faoliyatlar olib borişi uçun xizmat qiladi.
Quyidagilar laboratoriya asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- lalmikorlik mintaqalari (toğoldi va toğli) kesimida tuproq ball boniteti unumdorligini (NPK, gumus miqdori) aniqlaş va kartogrammasini tuziş;
- lalmi yerlardan samarali foydalaniş, lalmi yerlar tuproq tahlilini töğri taşkil qiliş hamda tahlil natijasiga köra şu tuproqlarda yaxşi ösadigan ekin navlarini tanlaş va yetiştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;
- lalmikor mintaqalarda qurğoqçilikka, issiqlikka va tabiat noqulay omillariga çidamli noan’anaviy (xantal, kamilina, afrika qunoği, artişok va boşqalar), dorivor (namatak, qorağat, bozilbon, valerina, za’faron, kovrak va boşqalar) va oziq-ovqat ekinlari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, şu mintaqaga moslarini tanlab oliş;
- lalmikorlikka mos ösimliklar (ekinlar) tanlab olingandan söng ular agrotexnologiyasini işlab çiqiş va işlab çiqarişga tavsiyalar beriş;
- laboratoriya qoşida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va xalqaro (Organic, Global G.A.P., Food) standartlar böyiça tahlillarni ötkaziş va sertifikatlaş işlarini olib boriş;
- malakali kadrlar salohiyatini oşiriş maqsadida fan dasturlariga sohaga oid innovatsion va zamonaviy texnologiyalarni töğrisidagi bilimlarni kiritiş hamda tatbiq etişda laboratoriya işlarini töğri taşkil qiliş;
- laboratoriya işlarida yetarli bilim va könikmalar hosil qilişi uçun filial professor-öqituvçilari malakasini xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida oşiriş va stajirovkalarini taşkil etiş;
- sohaga oid zamonaviy bilimlarni keng ommaga yetkaziş va qabul qilib oliş maqsadida laboratoriyada olib boriladigan işlar yuzasidan ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va taşkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boriş hamda ular natijalarini işlab çiqarişga keng joriy etiş;












