Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd so‘mdan ortiq jarimaga tortildi
Sud organlariga 1000 dan ortiq da’vo ariza kiritilib, 5 mlrddan ortiq oylik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirildi.
Foto: AOKA
2022 yilning 1-yarmida mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2022 yil 1-yarim yilligida mehnat munosabatlariga oid jami 11 ming 600 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 6 551 tasi qanoatlantirilgan, 4 546 tasiga tushuntirish berilgan.
Yarim yilda 14 066 ta tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilgan va mehnat sohasiga oid 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada, 5 935 nafar mansabdor shaxsga 12 mlrd 57 mlndan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Sud organlariga 1000 dan ortiq da’vo ariza kiritilib, 5 mlrddan ortiq oylik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirildi.
Mavzuga oid
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025