“Özim oddiy quruvçiman. Topganim rözğorga arang yetadi, operatsiya tölovi tugul dori darmonlariga ham yetkaza olmayman. Heç kimning bolasi kasal bölmasin ekan” – deydi ota iztirob bilan.

“Farzandlarimsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Bir emas, ikkisi oğir kasallikka çalinsa qiyin bölarkan. Qizim Zulfiya 14 yoşda, tengdoşlaridan orqada qolib ketdi, maktabga bormaydi. Öğlim Örol 26 yoşda, uylangan, farzandi ham bor. Ikkoviyam doimiy gemodializ bilan jon saqlab turişibdi. Biriga dadasi, biriga ammasi donor bölişga tayyor. Men jonimni ham berardim, lekin buyragim bularga töğri kelmadi. Bolalarim çekayotgan azoblarni körib heç joyga siğmay ketaman. Qöli kaltalik qursin” – yiğlaydi onaizor.

Bemor Örol Abdurahmonovning köz yoşlari esa har qanday insonning qalbini titratadi:

“Allohning sinovi ekan bu. Men tengilar işlab, ota-onasining xizmatini qilib yuribdi. Men esa kasalligim bilan ularga taşviş bölyapman. Özimning oğriqlarim mayli edi, singlimning azoblanganiga çiday olmayman. Beçora keçalari uxlolmay ötirib çiqadi. Jon jigaringning qiynalgani oldida özingning muammong ham körinmay qolarkan” – deydi aka.

Azizlar! Bu oilaning boşiga tuşgan sinov juda murakkabligi tufayli yurtdoşlarimizdan yordam kutişmoqda. Köpning kömagi bilan ular darddan foriğ bölişlari va butun umr duo qilib ötişlari mumkin.

Zarur ma’lumotlar:

ÖzKard, Örol Abdurahmonov: 8600 0610 2590 6420

Humo, onasi Zulfiya Abdurahmonova: 9860 0825 4814 5703

Oila manzili: Surxondaryo viloyati, Angor tumani, Madaniyat mahallasi, Qörğon köçasi 66-uy.