16 avgust kuni Qrim şimolidagi öq-dorilar saqlangan omborda davomli portlaşlar sodir böldi. Elektrostansiya, temiryöl, şuningdek, aholi turar joylari ham şikastlangan. Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlar tomonidan diversiya uyuştirilganini ma’lum qildi, Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak esa bunday «diversiya»lar soni oşişda davom etişini aytdi. Ukrainada maktab dasturidan rus tili va rus adabiyoti çiqarib taşlandi, tarix böyiça kurslarga esa «raşizm» atamasi qöşildi. Finlandiya sentabrdan rossiyaliklar uçun turistik vizalar berişni ön baravarga kamaytirmoqçi. Latviyadagi hukmron koalitsiya rossiyaliklar uçun berilgan rezidentlik kartalari ayrim holatlardagina uzaytirib berilişi böyiça kelişib oldi.

Quyida 16 avgust kuni, uruşning 174-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Qrimda yongan harbiy omborxonalar

Mayskoye aholi punkti (Qrimning Jankoy rayoni)dagi harbiy omborlar hududida yonğin tutuni. Portlaşlar tonggi soat oltida boşlangan va bir neça soat davom etgan
Sergey Malgavko / TASS
Rossiya harbiylari, politsiyaçilar, FVV xodimlari Azovskoye posyolkasida (u Mayskoyega yondoş joylaşgan). Şu kuni, 16 avgustda, Jankoyda transformator nimstansiyasi ham yonib ketdi. Foto: Sergey Malgavko / TASS
Azovskoye posyolkasida avtobus orqali evakuatsiya qilinayotgan bolalar. Mahalliy rasmiylar harbiy omborlardagi portlaşlardan keyin aholini xavfsiz joyga köçirişga qaror qilgan. Qrim rahbari Sergey Aksenovning sözlariga köra, atrofdagi beş kilometrlik hududida yaşovçi odamlar qöşni qişloqlardagi maktablarga joylaştirilgan. Jami uç ming kişi evakuatsiya qilingan. Foto: Sergey Malgavko / TASS

 Donbass şimoli

Donbass, Udaçnoye stansiyasi. Ğarbiy Ukrainaga ketayotgan evakuatsiya poyezdidan qarayotgan qizaloq. Ukraina hukumati iyul oyida Donetsk oblastidan majburiy evakuatsiya boşlanişini e’lon