Surxondaryo viloyatining barça tuman-şaharlariga joriy yilning ötgan olti oyi davomida Prezident virtual va xalq qabulxonalari orqali 14 234 ta murojaat kelib tuşgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 7 932 taga yoki 36 foizga kamayganini körsatdi.
Viloyat hokimligida aholi muammolarini eşitiş va hal qiliş uçun doimiy işlovçi 1088-qisqa işonç telefoni yölga qöyilgan bölib, joriy yilning ötgan davrida 734 nafar fuqarolarning murojaatlari röyxatga olindi. Şundan 528 tasi ijobiy hal qilindi.

Viloyatda murojaatlar ösiş sabablari hududlar kesimida tahlil qilinib, murojaatlar sonini kamaytiriş maqsadida, kompleks çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi. Körsatilgan hududlarda may-iyul oylarida Termiz şahri, Şörçi, Denov, Qumqörğon, Şerobod, Sariosiyo, Uzun, Angor, Muzrabot, Boysun, Jarqörğon, Termiz tumanlarida viloyat hokimi va sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabullari ötkazildi.
Birgina, joriy yilning 16 iyun kuni viloyat hokimi Töra Bobolov rahbarligida eng köp murojaat tuşayotgan hudud hisoblangan Boysun tumani Örta Maçay hududida ötkazilgan sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan köplab muammolar örganildi. Şu mahallaning Xöjadiyak qişloği hududida 20 km., Sayrob mahallasi Qöşçinor qişloğiga 7 km. uzunlikdagi suv tarmoğini tortiş işlari uçun zarur bölgan quvur ajratildi.
Şuningdek, Uzun tumani Nurli kelajak mahallasida ötkazilgan ommaviy sayyor qabullarda maktab uçun yangi sport zali qurilişiga, 50 dona elektr ustunlar va bir dona transformator örnatişga, aholi bandligini ta’minlaş maqsadida 10 dona gilam töqiş dastgohi va tikuv maşinkalari ajratilişiga kelişildi.

Joriy yilning 3 aprel kuni eng çekka hudud hisoblangan Boysun tumani Yuqori Maçay mahallasi hududida ötkazilgan qabul jarayonida, viloyat hokimi tomonidan mahalla hududidagi muammolar atrofliça örganildi. Yangi maktab va maktabgaça ta’lim muassasasi hamda tibbiy punkt quriş böyiça topşiriq berildi.
Bundan taşqari, viloyat hokimi tomonidan ötkazilgan qabullar natijasiga köra, Boysun tumanidagi oğir hududlardan biri hisoblangan Örmonçi, Duoba va Dehibolo mahallalari aholisini toza içimlik suvi bilan ta’minlaş maqsadida 20 km. uzunlikdagi suv tarmoğini tortiş işlari uçun zarur bölgan quvur ajratildi.












