Magnit böronlari – bu odatda quyoş faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin özgarişi. Magnit böronlari bir vaqtda Yer yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va köpçilik buni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlar bu jarayonlarni oğir ötkazişadi.

Bunda asosan magnit böronlari ta’sirida qon aylanişi özgarişi asosiy ta’sir vositasi hisoblanadi. Çunki eritrotsitlar tarkibidagi temir moddasi magnitdan ta’sirlanadi. Natijada tomirlarda tiqilmalar hosil böladi va bu ayniqsa surunkali kasalliklari bor odamlar uçun xavfli hisoblanadi.

Asab tizimiga esa magnit böroni paytida gormonlar işlab çiqarilişi kuçayişi ta’sir qiladi va holsizlik, jizzakilik, reaksiya susayişi yoki kuçayişi kabi belgilar paydo böladi.

Magnit böronlari vaqti-vaqti bilan albatta sodir böluvçi hodisa ekan, bu jarayondan inson özini himoyalaşi şart:

  • Bunday kunlar odatda OAV orqali e’lon qilinadi. Asabiylaşişdan tiyiliş, hazmi oğir ovqatlar iste’mol qilmaslik, spirtli içimliklar, çekişni çeklaş lozim;
  • Şunday kunlarda jismoniy mehnatni çeklab turiş, aqliy mehnatda ham organizmni zöriqtirmaslik maqsadga muvofiq;
  • Imkon qadar duş qabul qilib turiş, iliq suv içiş va salqin xonalarda ötiriş kerak;
  • Surunkali kasalliklari bor bemorlar, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan insult ötkazganlar yolğiz qolmasliklari, bir özlari avtomobil boşqarmasliklari, har bir dori vositasini şifokor nazoratida qabul qilişlari darkor;
  • Umuman, magnit böronlariga tabiatning bir hodisasi sifatida qaraş va qörqmaslik lozim. Şunda ötkazib yuboriş oson keçadi.