“Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022 yil 21 iyunda Toşkent şahrida imzolangan Özbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati örtasida xalqaro avtomobil qatnovi töğrisida bitim tasdiqlanadi.

Transport vazirligi xalqaro şartnomani amalga oşiriş yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilanadi.

Qaror loyihasi imzolanişi natijasida:

  • Özbekiston va Ozarboyjon örtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, yölovçi, yuklarni avtomobilda xalqaro taşiş va tomonlar hududlari orqali tranzitni rivojlantirişga erişiladi;
  • bitim kuçga kirgandan söng tomonlar davlatlari vakolatli organlari har yili yuklarni xalqaro taşiş uçun tenglik asosida özaro kelişilgan miqdordagi ruxsatnoma blankalari bilan almaşadi;
  • Özbekiston va Ozarboyjon örtasida avtomobilda yölovçi va yuk taşiş qatnovlari yengillaştiriladi, tomonlar davlatlari hududlari örtasida, ular hududlaridan tranzit tarzda va uçinçi mamlakatlarga/mamlakatlardan yuklarni taşiş mazkur davlatlar vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi.