Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yangi ikkita transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashuvlarini boshlash haqida kelishib oldi
Turkmaniston va Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.
Foto: Transport vazirligi
Joriy yil 15-16 avgust kunlari Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar transport vazirlarining xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida O‘zekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxan Chakiyev hamda Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Said Rustam Qosimiy bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Mammetxan Chakiyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar Ashxobod bitimi doirasida “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron” xalqaro transport va tranzit yo‘lagi orqali yuklarning Turkiyaga (Van ko‘li orqali) intermodal tashuvlarlarini tashkil etish, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘imlarni qisqartirish, O‘zbekiston haydovchilariga Turkmaniston vizasini olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Said Rustam Qosimiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun o‘rnatilgan yig‘im va to‘lovlar miqdorini qisqartirish, “Chobahor” portidan O‘zbekistonga yuk avtomobil tashuvlarni tashkil etish, O‘zbekiston orqali “Xitoy-Yevropa” transport yo‘nalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Eron tomoni bilan Turkiyaning Van ko‘li orqali tashuvlar sxemasini hamkorlikda ishlab chiqishga kelishildi.
Mavzuga oid
20:40 / 09.12.2025
Og‘ir vaznli transport harakatini mavsumiy cheklash tartibi ishlab chiqiladi
14:47 / 05.12.2025
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
14:34 / 05.12.2025
Toshkentda metro uzunligi 103 kilometrga, "parkovka" o‘rinlari 150 mingtaga yetkaziladi
09:48 / 20.11.2025