Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonovni haqorat qilgani aks etgan audioyozuv haqida xabar bergan edik. Kun.uz ixtiyoriga Bobolov himoya qilgani aytilayotgan angorlik sobiq amaldorning jinoiy qilmişlariga oid sud hukmi kelib tuşdi.
Ma’lum bölişiça, 2022 yil 11 may kuni jinoyat işlari böyiça Angor tuman sudida Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori bölib işlagan Aziz Yöldoşevga oid jinoyat işi körilgan.
Sud hujjatlariga köra, Yöldoşev direktorlik vaqtida mansab vakolatini suiiste’mol qilib, öziga işonib topşirilgan davlat mulkini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan. U “Angor City Tomorqa Xizmat” MÇJ rahbari Ardaşer Bayirov va “Angor Issiqxona Qurish” MÇJ rahbari Azamat Sattorov bilan jinoiy til biriktirgan.
Bandlik markazi boşliği “Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratiş tartibi töğrisida”gi nizomga asosan, tumandagi işsiz, kam ta’minlangan va kambağal oilalarga subsidiya va grantlar asosida issiqxona qurib berişi kerak bölgan. Biroq u 30 dan ortiq kambağal va muhtoj odamlar nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, fuqarolarning xabardorligisiz yuqoridagi MÇJlar rahbarlari bilan uç tomonlama şartnomalar imzolaydi.
Kambağallarga qayişişi kerak bölgan rahbar jami 210 388 572 sömlik qurilish işlari bajarilmaganini bilgani holda rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritadi. Natijada subsidiya mablağlarini MÇJ va xususiy korxona hisobraqamiga ötkazib yuborib, özganing juda köp miqdordagi mulkini özlaştiriş va rastarata qiliş yöli bilan talon-toroj qiladi.
“Angor City Tomorqa Xizmat” MÇJ rahbari Bayirov 111 004 872 sömlik işlarni qöşib yozib, özganing mulkini özlaştiradi. “Angor Issiqxona Qurilish” MÇJ rahbari Sattorov esa 99 383 700 sömlik qurilish işlarini bajarmasdan, hisobraqamini töldirib oladi.
Bu işda öttizdan ortiq jabrlanganlar guvohlik bergan.
Natijada Aziz Yöldoşev Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari bilan ayblanib, bir yarim yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarini egallaş huquqidan mahrum etiladi. Unga iş haqining 15 foizini davlat hisobiga uşlab qolgan holda












