Toşkentda şahar IIBB hamda Prezident davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi: Mirzo Uluğbek tumanida Ş. ismli şaxs boşqaruvidagi Epica avtomobili töxtatib tekşirilganda yölovçi X. ismli şaxs yonidan 5 dona “Tropikomid” va 28 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dorilar hamda avtomobil salonidan 21 dona “Tropikomid” va 25 dona “Regapen” topilgan.

IIBB axborotiga köra, ular tadbirdan keyin qilmişlarini yaşiriş va jinoyat işi qözğatilmasligi evaziga ukalari orqali içki işlar xodimiga 5 ming dollar pora taklif qilişadi. Tezkor vakilning bildirgisiga köra ötkazilgan tadbirda gumonlanuvçining ukasi 4 mln söm va qimmatbaho soatni içki işlar xodimiga pora sifatida berayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Olib borilgan suriştiruvlar jinoiy guruhning boşqa a’zolarini ham topişga yordam berdi. Yangihayot tumanida Ş. va X. ning hamtovoqlari G. ismli şaxsning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda, sotiş maqsadida saqlab kelinayotgan 69 dona “Tropikomid” va 280 dona “Regapen” dori vositalari aniqlanib, dalil sifatida olingan.

G.ning yaşaş manziliga mijoz sifatida kelgan Y. ismli fuqaro yonidan 1 dona “Tropikomid” va 17 dona “Regapen” topilgan. Bundan taşqari, mijoz sifatida kelgan A. ismli şaxs uşlangan va uning yonidan 1 dona “Regapen” va 0,1 gram sintetik giyohvandlik vositalari topilgan.

Ma’lum bölişiça, G. ismli şaxs kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini V. ismli şaxs boşqaruvidagi Epica rusmli avtomobilda tarqatib kelgan.

Maxsus tadbir davom ettirilib, 2 avgust kuni Q. va I. ismli şaxslar Isuzu yuk maşinasida Toşkent şahriga şişa idişlar orasiga yaşirilgan 998 dona “Tropikomid” dori vositalarini olib kelayotgani aniqlandi.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida umumiy 1094 dona “Tropikomid” va 447 dona “Regapen” dori vositalari hamda 0,1 gram sintetik giyohvandlik vositalari aniqlangan. Daliliy aşyolar eskpertiziga topşirilgan.