Dorixona narkomanlari – retsepsiz o‘lim mijozlari
Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasi yana bir dolzarb mavzuga qo‘l urdi – tobora avj olayotgan “dorixona narkomaniyasi”.

Afsuski, O‘zbekistonda professional sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilmaydi, shu sababli juda ko‘p yangi muammolarning ommalashish dinamikasi haqida keng profilli ma'lumotlar yo‘q. Lekin “dorixona narkomaniyasi” yashin tezligida avj olib ketgani faktini tasdiqlash uchun katta tadqiqotlar shart emas: shunchaki, Toshkentning aholi ko‘p yashaydigan mavzelarida sayr qilishning o‘zi kifoya.
Masalan, Chilonzor tumanining 2-mavzesida piyoda yurib, o‘zimizni narkorayonga tushib qolgandek his qildik. Atrofda tarqalgan maishiy chiqindilar orasidagi dorilarning juda katta qismi – “Zardeks”, “Regapen”, “Tropikamid”...
Gap nimadaligini qisqa tushuntiradigan bo‘lsak, oxirgi yillarda “dorixona narkomaniyasi” deb atalayotgan fenomen avj olmoqda. Faqat retsept asosida beriladigan og‘riq qoldiruvchi, uyqusizlik va tomir tortishishiga qarshi va hokazo turdagi ko‘plab dorilar muayyan tarzda foydalanilganda narkotik ta'sir ko‘rsatadi. Ya'ni muayyan vaqt ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi, odam o‘zini qiynayotgan muammolardan xalos bo‘lgandek his qiladi.
O‘ziga qaram qiluvchi boshqa moddalar kabi, narkotik effektga ega dorilarni qabul qiluvchilar ham vaqt o‘tib dozani oshirib borishga majbur bo‘ladi. Bu esa bora-bora gallyutsinatsiyalarga olib boradi, kishi mutaxassis yordamisiz o‘zini qo‘lga ola olmaydigan holga yetadi. Yordamga vaqtida murojaat qilinmagan holatlar esa o‘lim bilan yakun topishi ham mumkin.
Narkotiklar guruhiga kirmaydigan bu dori vositalariga o‘rganib qolish o‘smirlar va 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ko‘proq uchraydi – ular qiziqqon, bu turdagi dorilar narxi esa anchagina arzon, qolaversa, vijdonini-da sotib yuboruvchi aptekachilarni har qaysi shahardan topish mumkin.
Achinarlisi, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar va tez-tez o‘tkazilayotgan reydlarga qaramay, xavfli tendensiyani nafaqat to‘xtatib, hatto sekinlashtirib ham bo‘lmayotgandek. Oxirgi paytlarda hatto qizlar orasida ham bu dorilarga “o‘tirib qolayotganlar” ko‘payayotgani tez-tez quloqqa chalinyapti.
Xo‘sh, “dorixona narkomaniyasi” nimasi bilan xavfli? SUBYEKTIV'ning yangi soni shu savolga javob izlaydi. Ko‘rsatuvni albatta tomosha qiling, uni yaqinlaringizga ulashing va... ularga bee'tibor bo‘lmang!
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

19:50 / 28.06.2025
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

16:31 / 28.05.2025
Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

15:52 / 15.05.2025