U.Ya. Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdori 400 baravari miqdorida jarima jazosi va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
X.B. Jinoyat kodeksi 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan. X.B. Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdori 300 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan bazaviy hisoblaş miqdori 213 baravari miqdorida jarima jazosi qoldirilgan).
Ayni paytda birinçi instansiya sudi tomonidan çiqarilgan mazkur hukm qonuniy kuçga kirmagan bölib, undan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boşlab, sudlanuvçilar va jabrlanuvçi esa hukm nusxasini olgan kundan boşlab 20 sutka içida şu sud orqali Qaşqadaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida şikoyat keltirişga yoki prokuror protest bildirişga haqliligi ma’lum qilingan.
Avvalroq, 2022 yil fevralida Mirişkor tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari 50 ming dollar pora bilan qölga tuşgani haqida xabarlar tarqalgandi.











