«Mançester Yunayted»ning narxi qança?

Yirik sport xaridlari bilan taniş bölgan manbalarning ta’kidlaşiça, klubni sotib oliş uçun taxminan 6 milliard funt sterling (7,2 milliard dollar) kerak böladi.

May oyida «Çelsi» klubi Todd Boeli va Clearlake Capital tomonidan 2,5 milliard funt sterlingga (3,2 milliard dollar) sotib olingan edi. Roman Abramoviç bilan kelişuvga köra, amerikaliklar 10 yil davomida klubga 1,75 milliard funt sterling (2,1 milliard dollar) investitsiya kiritiş majburiyatini ham olişdi. Ammo bitim Abramoviç sanksiyalar ostiga tuşganidan söng, bosim ostida, juda tez amalga oşirildi.

«Mançester Yunayted» sezilarli darajada kattaroq stadionga ega ekani va jahon sportida tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli klublardan biri bölgani sababli, Gleyzerlar oilasi ança yuqori narxni talab qilişi mumkin.

Gleyzerlar oilasi vakillari

Nima uçun Gleyzerlar maşhur emas?

Duşanba kuni «Old Trafford»da, «Mançester Yunayted» - «Liverpul» öyinidan oldin, muxlislar klub xöjayinlariga qarşi navbatdagi norozilik namoyişini ötkazişni rejalaştirmoqda. 2021 yil may oyida ham şunday tadbir ötkazilgan va namoyişçilar maydonga tuşib, kiyim almaştiriş xonasiga kirişga uringan, xavfli muhit yaratgani uçun raqiblar örtasidagi öyin qoldirilgan edi.

Gleyzerlar oilasi 2003 yildan buyon «Mançester Yunayted» aksiyalariga egalik qiladi, 2005 yil iyun oyida ular klubni töliq nazorat qila boşladilar. Qayd qiliş joizki, Gleyzerlar «qizil iblislar»ni sotib oliş uçun qarz olişgan va şundan beri moliyaviy ahvoli noaniq bölib turibdi.

Klubning egalari va muxlislar örtasidagi qarama-qarşilik uzoq tarixga ega. Fanatlarga tuşunarsiz transfer siyosati, murabbiylarni tayinlaş bilan boğliq mojarolar, şuningdek, içki va xalqaro arenalarda natijalarning pasayib ketgani yoqmaydi. Ular uşbu muammolarning asl sababçisi Gleyzerlar oilasi deb hisoblaşadi. Yaqinda amerikalik tadbirkorlarning yangi tuzilayotgan Superligaga qöşiliş haqidagi qarori muxlislar tomonidan tanqid ostiga olingan edi. Endi esa «Mançester Yunayted» 1992 yildan beri ilk marotaba turnir jadvalining eng quyi poğonasiga tuşdi. Bu esa ziddiyatni yanada keskinlaştirdi.

«Mançester Yunayted» fanatlari Gleyzerlar ketişini talab qilmoqda