Jahon avtomobilsozlik sanoatiga yarimötkazgiçlar va logistika bilan boğliq global inqirozlar, şuningdek, Şarqiy Yevropada kuzatilayotgan geosiyosiy muammolar öz ta’sirini ötkazdi, bu ham işlab çiqariş hajmiga, ham avtomobil narxi va uni kutiş muddatlariga sezilarli ta’sir körsatdi.

JD Power va LMC Automotive avtomobilsozlik sanoati tahlilçilarining hisobotiga köra, AQŞda iyun oyida avtomobillarning örtaça narxi rekord darajada 45 844 dollarni taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 14,5 foizga köpdir.

Narxlarning kötarilişi Rossiyaning bozoriga ham öz ta’sirini körsatdi – 2022 yilda kompaniya avtomobillar narxini örtaça 30-40 foizga oşirdi.

Global kataklizm oqibatida avtomobil işlab çiqariş hajmining kamayişi yuzaga keldi: Buyuk Britaniyada mikroçiplarning yetişmasligi tufayli avtomobil işlab çiqariş 41 foizga kamaydi va jahon avtomobilsanoati lideri Honda Motor ta’minot zanjiri va logistika bilan boğliq doimiy muammolar tufayli Yaponiyada 2022 yilda rejalaştirilgan işlab çiqarişni 30 foizga qisqartirişini ma’lum qildi.

Xuddi şu tendensiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilar Assotsiatsiyasining hisobotiga köra, Yevropa Ittifoqida yangi yengil avtomobillarni röyxatdan ötkaziş pasayişda davom etmoqda.

Yillik hisob-kitoblarga köra, mavsumiy özgarişlarni hisobga olgan holda, AQŞda yangi avtomobillarning umumiy savdosi iyun oyida 13,1 million donani taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 2,3 million donaga kam.

Bu yil global avtomobil savdosi 81.4 million dona bilan oldingi holatini saqlab qolişi kutilmoqda. Çunki Xitoydagi mikroçip tanqisligi va kuzatilgan karantin savdo hajmiga öz ta’sirini ötkazdi.

Avtomobillarni kutiş muddatiga e’tibor qaratsak, Honda Motor va Kia  joriy yilning mart oyida Janubiy Koreyadagi mijozlarga tölangan, ammo yetkazib berilmagan avtomobillar soni jami 1 milliondan oşib ketib, ularning kutiş muddati 18 oygaça yetdi. Xuddi şu davrda Toyota Tundra’ning ba’zi versiyalarini AQŞga yetkazib berişni va’da qilmoqda. Yaponiya bozorida Toyota Land Cruiser 300 avtomobilining kutiş muddati hali ham 4 yil.

UzAuto Motors AJ joriy yilning birinçi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil işlab çiqardi. Şuningdek iste’molçilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini işlab çiqarişni yölga qöydi. Iste’molçilarning zamonaviy avtomobilga bölgan talabining ortib borayotganligi sababli, UzAuto Motors işlab çiqariş liniyalarini bosqiçma-bosqiç yangi avtomobil modellariga ötkazmoqda.