Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida haftasiga 14 ta aviareys qöyilişi kutilyapti. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali efirida transport vaziri örinbosari Jasur Çoriyev ma’lum qildi.
Saudiyada turib telekanal muxbiriga intervyu bergan vazirlik vakilining aytişiça, prezidentning davlat taşrifi doirasida aviaqatnovlar borasida memorandum imzolangan. Unga köra, ikki mamlakat örtasida haftasiga 14 ta aviareys qatnovi yölga qöyilişi kutilmoqda.
Reyslar Özbekistondan Saudiyaning Ar Riyod, Jidda va Madina şaharlariga amalga oşiriladi. Özbekistonning qaysi şaharlaridan reys qöyilişi hozirça ma’lum emas.
Jasur Çoriyev şu vaqtgaça Özbekistondan Saudiyaga faqat haj va umra ziyorati uçun reyslar qöyilgani, endilikda boşqa maqsadda boruvçilar ham, xususan, tadbirkorlik bilan şuğallanadiganlar ham parvozlardan foydalanişi mumkinligini aytgan.
«Menimça» teleloyihasida Şavkat Mirziyoyev Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Ayyed Tavob al Jiayd bilan qilgan muloqoti ham körsatildi. Unda Özbekiston prezidenti saudiyalik tadbirkordan Özbekistonda faoliyat boşlaş uçun nima tösiq bölayotganini sörab, hammasi joyida bölsa, amaliy işlarni tezroq boşlaşni söradi.
«Flynas» rahbarining aytişiça, Jiddadan Toşkentga sentabr oyidan boşlab haftasiga uçta reys qöyiş borasida kelişib olingan. Şuningdek, kompaniya boşqaruv raisi saudiyaliklarga Özbekistonning gözal joylarini sayyohlik yönalişi sifatida taklif qilinişini aytgan. Şavkat Mirziyoyev «Flynas»ga barça şaroit yaratib berilişini aytib, boşqa heç bir xorijiy aviakompaniyaga bunday erkinlik taqdim etilmaganini ta’kidladi.
Avvalroq saudiyaliklar uçun Özbekistonga borişda vizasiz rejim joriy qilingandi. Unga köra, saudiyaliklar 30 kun davomida Özbekistonda vizasiz bölişi mumkin. Yangi tartibga köra Özbekistonga kelgan saudiyaliklardan bu vaqt içida Saudiyaga yoki uçinçi davlatga jönaş uçun çiptalari bölişigina talab qilinadi.
Prezident safar davomida Saudiya Arabistoni iqtisodiyotining muhim tarmoqlari bölgan yana köplab korxona va taşkilot rahbarlari bilan ham oçiq muloqot ötkazgan. Videoda bular haqida batafsil ma’lumot berilgan.











