Germaniyada kansler Olaf Şols va hukmron koalitsiya reytingi hukumatning dekabr oyida iş boşlaganidan beri eng past darajaga tuşib ketdi. Bild am Sonntag haftalik naşri buyurtmasi bilan Insa sotsiologik instituti tomonidan ötkazilgan va 21 avgust, yakşanba kuni e’lon qilingan sörov natijalariga köra, nemislarning qariyb uçdan ikki qismi – 62 foizi Şols faoliyatidan norozi, atigi 25 foizi esa uning natijalaridan qoniqiş hosil qilgan. 

Hukmron koalitsiyaning reytingi ham rekord darajaga tuşib ketdi. Federal hukumat işidan hozirda söralganlarning 65 foizi norozi va faqat 27 foizi uni ma’qullaydi. Mart oyi boşida Şolsning işi nemislarning 46 foizi tomonidan ma’qullangan, 39 foizi ma’qullamagan. Öşanda hukmron koalitsiya işi nemislarning 44 foizi tomonidan ijobiy baholangan, 43 foizi esa uni ma’qullamagan. 

Sörovdan ma’lum bölişiça, kansler töğridan töğri saylangan taqdirda, Olaf Şols hozir 18 foiz ovoz töplab, faqat uçinçi örinni egallagan, birinçi örin 25 foiz bilan «yaşil» iqtisodiyot vaziri Robert Xabekka, ikkinçi örin esa 19 foiz ovoz bilan Xristian-demokratik ittifoq raisi Fridrix Mersga nasib etgan bölardi.

Haftalik sörov natijalariga köra, xristian partiyalar bloki öz pozitsiyalarini biroz mustahkamladi, hozir uni nemislarning 28 foizi qöllab-quvvatlamoqda. Bu şuni anglatadiki, XDS/XSS hozir reytingi bir hafta içida bir foizga pasayib, 21 foizga tuşgan «yaşillar» partiyasidan yetti foiz oldinda. 

Sotsial-demokratlar reytingi özgarmadi (19 foiz), erkin demokratlar bir foizga pasayib, 8 foizga yetdi. Bu koalitsiyaga kiruvçi partiyalar hozirgi kunda atigi 48 foiz ovoz olişini anglatadi. «Germaniya uçun alternativ» (12 foiz) va Söl partiya (8 foiz) reytinglari özgarişsiz qoldi.