Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tashkil etilganiga 25 yil to‘ldi
Foto: O‘zbekneftgaz
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida zamonaviy neftni qayta ishlash zavodini barpo etilishi respublikamizda tarixiy voqea bo‘ldi.

Hukumatning 1993 yil 3 avgustdagi 389-sonli qarori bilan zavodni qurish ishlari boshlandi va qisqa muddatda 1997 yil 22 avgustida ishga tushirishga muvaffaq bo‘lindi. Qurilishni loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni tanlashda jahonning yetakchi neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘sha davrning ilg‘or yechimlaridan foydalanildi.

O‘tgan 25 yil davr ichida zavod respublika iste’molchilarini respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi uchun o‘ta zarur bo‘lgan neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlab kelmoqda.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 25 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning bayram tabrigi bilan ochib berildi.

Tantanali tadbirga tashrif buyurgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o‘tgan davr ichida zavod respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi uchun o‘ta zarur bo‘lgan neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash ustida tinimsiz ishlar olib borayotgan “O‘zbekneftgaz” AJ va zavod rahbariyati, ishchi-xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, samimiy tilaklarini izhor etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
12:30 / 12.12.2025
«O‘zbekneftgaz» AQShning Cargill korporatsiyasidan 3 mlrd dollargacha mablag‘ jalb etadi
23:13 / 05.12.2025