Kun.uz muxbiri Özbekistondagi qurilişlar sabab katta hajmdagi yaşil hududlar, köllar, daraxtlar yöq qilinib, örni töldirilmayotgani hamda bu jarayonning oqibatlari haqida şaharsozlik böyiça xalqaro ekspert – Temur Ahmedov va iqlimşunos Erkin Abdulahatov bilan suhbatlaşdi.

Kun.uz:

Temur aka, Erkin aka, sizlardan bugun Özbekistonda yaşillikka nisbatan bölayotgan munosabat haqida fikrlaringizni söramoqçiman. Ya’ni köp qavatli uylar, savdo markazlari qurilişi uçun köplab yaşil hududlarning yöqotilişi va ularning örni töldirilmayotgani bilan biz nimalarni yöqotyapmiz?

Temur Ahmedov, şaharsozlik böyiça xalqaro ekspert

— Aslida şaharlar odamlar uçun quriladi. U insonlar uçun har tomonlama qulay joy bölişi kerak. Toşkentni ham odamlar 2 ming yillardan beri öziga qulay voha qilib yaşab kelişdi. Ya’ni ular bu hududlarda havo namligi, sifati, suv sifati yoki qişloq xöjaligi uçun qulayligi böyiça kerakli balansni saqlab kelişdi. Bugun ana şu balans buzilgan.

Şuningdek, har qanday şahar yaşaş sifati bilan baholanadi. Agar şahar odamlar yaşaşi uçun qulay bölmas, kerakli toza havo topilmas ekan, odamlar ham u yerda yaşaşni xohlamaydi va narxlar pasayib ketaveradi.

Umuman, bugun mintaqamizda kuzatilayotgan çöllaniş hodisasi iqtisodiy va xavfsizlik muammolarini ham yuzaga keltiradi.

Biz yaşillik, yaşil hududlarni köpaytiriş kerakligi haqida köp gapiryapmiz. Ayrimlar uçun bu göyoki köngil yoziş, şunçaki dam oliş hududlarini köpaytiriş kerak, degandek tuyuladi. Yöq, yaşil hududlarning kamayib borişi avvalo, iqtisod, xavfsizlik va ekologiya muammosi ham.

Erkin Abdulahatov, iqlimşunos

— Yozda jazirama issiq kunlarning köp, bahor-kuzda yoğingarçilikning kam bölişi yoki qişda qor yoğmasligi – iqlim özgarişlarini barçamiz his qilib turibmiz. Bu özgarişlar Markaziy Osiyo mintaqasida qurğoqçilik, çöllaniş jarayonini keskin tezlaştirib yubordi.