Uydagi jömrakni buraşimiz bilan suv kelişiga köpçiligimiz örganib qolganmiz. Aslida ham bu oddiy va normal hol bölişi kerak. Lekin minglab vatandoşlarimiz inson sivilizatsiyasining şu elementar qulayligidan ayro holda yaşayapti.
Uyidagi jömrakdan suv kelişini möjiza sifatida köriş uçun inson yaşayotgan davlati yoki mintaqada suv resurslari çeklangan yoki öşa davlat iqtisodiy jihatdan qaşşoq bölişi kerak. Lekin moliyaviy manbalar töğri yönaltirilmaganidan iqtisodiy barqaror davlatlarda ham ijtimoiy muammolar kun tartibida qolaveradi.
Namangan viloyatining Mingbuloq tumani, Damköl mahallasining Marjon köçasi Farğona çöllariga tutaş hududda joylaşgan. Bu köça aholisi asosan dehqonçilik va çorvaçilik bilan şuğullanadi. Avvallari mahalla hududidagi aholi xonadonlarida jömrakdan suv çiqqan. Eski suv quvurlari yaroqsiz holga kelişi oqibatida mana 20 yildan oşibdiki, suv faqat bittagina quduqdan olinadi.
Aholi iste’mol uçun ham, maişiy masalalarda ham, hatto hayvonlarni suğoriş uçun ham şu suvdan foydalanadi. Bu atrofda yerosti suvlari yer sathiga juda yaqin joylaşgani sabab zovurlardagi suvlar şör va iste’molga, foydalanişga yaroqsiz. Aholining aytişiça, hatto mevali daraxtlar va tomorqada ekilgan ösimliklarga suv quyilsa, ösimliklar ölib, mevalar qurib qoliş holatlari uçraydi.
Eng yomoni, quduqda ança vaqtdan beri maxsus tozalovlar olib borilmagani sababli undan çiqadigan suvni ham ma’lum muddat tindirib içişga töğri kelyapti.
“Manzil” hudud ahlining suv masalasidagi holatini şu yerda yaşovçi Dilorom opa Omonova misolida körsatişga harakat qildi. Videoni körib özingiz xulosa çiqarasiz, degan umiddamiz.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.












