Qonunçilik palatasi navbatdagi majlisi boşlandi. Unda deputatlar “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga pensiya tayinlaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi iş vaqti yoşga doir yoki boquvçisini yöqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qöşib hisoblanadi. Bunda, nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro pensiya yoşiga yetganda yoki boquvçisini yöqotganda nogironlik pensiyasini olişni davom ettirsa (boşqa pensiya turiga ötmasa) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi iş vaqtini qöşib nogironlik pensiyasi qayta hisoblanmaydi.
Qonun loyihasi bilan 2023 yil 1 yanvardan boşlab I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil iş stajiga ega bölsa, iş staji va iş haqini hisobga olgan holda hamda kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlarini qayta hisoblaş amaliyoti joriy etiladi.
Deputatlar ta’kidlaşiça, qonun loyihasi qabul qilinişi amaliyotda qöllaşda yuzaga kelayotgan turli xil yondaşuvlar oldini oliş, korrupsiogen faktorlarni keltirib çiqaruvçi holatlarga barham beriş, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib çiqib, nogironligi bölgan şaxslar daromadini oşirişga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.












